22:21 / 05.08.2022
1 822

Umumiy miyaga ega egizaklar muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

Umumiy miyaga ega egizaklar muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
Braziliyada umumiy miyaga ega uch yoshli siam egizaklari muvaffaqiyatli ajratildi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Bolalarning bosh suyagi bitta holda tug‘ilgan, deyiladi xabarda.

Operatsiyadan oldin jarrohlar bir necha oy davomida virtual reallikdan foydalanib, mashg‘ulot o‘tkazishgan.

Bernardo va Artur Limalarning tanasini ajratish operatsiyasining o‘zi 33 soatdan ko‘proq davom etdi. Unda 100 dan ortiq tibbiyot xodimlari qatnashgan.

Jarayonga London shifoxonasidan britaniyalik bolalar jarrohi Nurul Ovase Jilani rahbarlik qildi.

Operatsiyani moliyalashtirish Gemini Untwined xayriya fondi tomonidan amalga oshirildi.

Xayriya tashkiloti vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ikkala egizakning ahvoli yaxshi va ular olti oy ichida reabilitatsiyani kutishmoqda.

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, siam egizaklari 60 ming holatdan birida tug‘iladi va ularning atigi 5 foizi kraniopag (miyasi bitta holda) dunyoga keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Umumiy miyaga ega egizaklar muvaffaqiyatli operatsiya qilindi