Foto: AP
Yevropaning boshqa davlatlari bilan solishtirganda, Germaniya NATO tuzilmalarida ishlagani uchun vatanida xavf ostida qolgan afg‘onlarni ancha ko‘p qabul qildi.
Deyarli bir yil avval NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilganidan beri Germaniya jami 23 614 nafar NATOda tuzilmalarida ishlagan afg‘on xodimlar va ularning oila a’zolarini qabul qilishga va’da bergandi. Hozirgacha mamlakatga 17 556 kishi kirib kelgan, ularning aksariyati afg‘on xodimlarining oila a’zolaridir. Bu haqda 6 avgust, shanba kuni Welt am Sonntag gazetasi Migratsiya va qochqinlar bo‘yicha federal idora (BAMF) ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, oila a’zolarini hisobga olmaganda, Germaniyaga kirishga ruxsat olgan bundesver va NATO tuzilmalarining afg‘on tarjimonlari hamda boshqa xodimlari soni 5 141 kishini tashkil qiladi. Ulardan 3 756 nafari Germaniyada bo‘lib turibdi.
Yevropaning boshqa davlatlari bilan solishtirganda Germaniya afg‘onlarni ancha ko‘p qabul qildi, deb yozadi Welt am Sonntag. Masalan, britan tuzilmalarida ishlagan 10 100 nafar afg‘on va ularning oilalari Buyuk Britaniyaga kirdi, deb yozadi nashr Britaniyaning Germaniyadagi elchixonasi ma’lumotlariga tayanib. Italiya Tashqi ishlar vazirligi hozirgacha Afg‘oniston fuqarolariga 1 218 ta «cheklangan hududiy amal qilish» vizasini berdi, 278 kishi esa insonparvarlik yo‘laklari doirasida mamlakatga yetib keldi.
Iyul oyi boshida Afg‘oniston bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish uchun tuzilgan bundestag komissiyasi o‘z ishini boshladi. U 2021 yil yozidagi voqealarga oydinlik kiritishi kerak. Haligacha Germaniyaga ketish imkoniyatini kutayotgan afg‘on xodimlari taqdiri masalasi ham hal etilishi kerak. Bundan tashqari, Germaniya parlamenti komissiya tuzdi, uning vazifasi bundesverning Hindiqushdagi deyarli 20 yillik missiyasini chuqur tahlil qilish va ushbu ekspertiza natijalariga ko‘ra boshqa xalqaro operatsiyalar uchun tajriba to‘plashdir.
Bundesver Afg‘oniston hududini 2021 yil iyun oyida – AQSH va NATOning o‘z kontingentini bu mamlakatdan olib chiqish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng, dastlab rejalashtirilganidan ertaroq tark etdi. Avgust oyida Kobulda toliblar hokimiyat tepasiga keldi. Ular bundesver ham o‘qitib, mashg‘ulotlariga hissa qo‘shgan Afg‘oniston qurolli kuchlari tomonidan deyarli hech qanday qarshilikka uchramadi.
Shundan so‘ng Germaniya Afg‘onistondan tinch aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha xalqaro operatsiyada ishtirok etdi. Afg‘oniston poytaxti aeroportida avgust oyi ikkinchi yarmida ko‘plab odamlar mamlakatni tark etishga uringani, muntazam reyslarning bekor qilinishi tufayli yuzaga kelgan tartibsizlik va vahimada bir necha o‘nlab odamlar halok bo‘ldi.
Bir paytlar NATO tuzilmalarida ishlagan va vatanini tark eta olmagan ko‘plab afg‘onlar o‘z hayotlari uchun xavotirda, chunki toliblar ulardan o‘ch olishi mumkin. Huquq faollari radikal afg‘on doiralarida sotqin deb hisoblangan odamlar u yerda toliblar hokimiyatni tiklagunga qadar mamlakatdan evakuatsiya qilinmaganini tanqid ostiga oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»