19:17 / 06.08.2022
2 739

«Agar Putin g‘alaba qozonsa, bu uchinchi jahon urushining boshlanishi bo‘ladi» — Zelenskiy

«Agar Putin g‘alaba qozonsa, bu uchinchi jahon urushining boshlanishi bo‘ladi» — Zelenskiy
Foto: Reuters
Vladimir Zelenskiyning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanishiga va dunyodagi barcha avtokratlar ham faollashishiga ishonch bildirmoqda. Bu haqda u Afrika ommaviy axborot vositalari vakillari bilan onlayn uchrashuvda ta’kidlagan.

- Agar Putin urushda g‘alaba qozonsa, bu uchinchi jahon urushining boshlanishi bo‘ladi, men bunga aminman. Dunyodagi yirik avtokratiyalar ham shunday qila boshlaydi. Olamda tartibsizlik avj oladi. Oziq-ovqat xavfi, o‘tgan yili Rossiya sabab yuzaga kelgan energiya inqirozi, Rossiya tomonidan qo‘zg‘atilgan urush - bu hali boshlanishi, ahvol bundan ham battar bo‘ladi, — degan prezident Zelenskiy.

U Ukraina oxirigacha mustaqil davlat maqomida qolishiga, urushning tugash vaqti esa Ukraina atrofida dunyoning boshqa mamlakatlari birlashishiga bog‘liqligini ta’kidladi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, hozir Ukrainada havo «qaynoq», lekin hozir Ukraina uchun yig‘ilgan har bir davlat o‘z o‘rnida o‘zini namoyon qiladi, chunki ertaga bu mamlakatda ham xuddi shunday holat yuz berishi mumkin.

- Chegara ko‘rmaydigan Rossiya prezidentiga yana qancha urush kerak? Balki yetar? U allaqachon qarib qolgan. Balki u Xudoga nima deyishini allaqachon o‘ylab ko‘rishi kerakdir? Xalqning taqdiri nima bo‘ladi? Menimcha, o‘ylash kerak bo‘lgan narsalar ko‘p.

U, shuningdek, Rossiya armiyasi tomonidan o‘ldirilgan minglab ukrainalik bolalarni eslab o‘tdi, prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ukrain xalqi buni hech qachon kechirmaydi va unutilishiga yo‘l qo‘ymaydi, shuningdek, bu voqeani o‘z farzandlari va nevaralariga yetkazadi.

- Ammo u bir kishi va 70 yoshda. Tasavvur qiling-a, bir kishi qon to‘kilishini to‘xtata oladi. Nega dunyo bir odamga shuncha ko‘ngilsizliklarni qilishiga yo‘l qo‘yib beradi? Shuni eslatib o‘tmoqchimanki, Sovet Ittifoqi ko‘p odamlarga shunday qilgan. Ammo u 70 yil yashadi. Buning ramziy jihati bor, — deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Agar Putin g‘alaba qozonsa, bu uchinchi jahon urushining boshlanishi bo‘ladi» — Zelenskiy