21:14 / 08.08.2022
5 643

Afsonaviy jangchi otib ketildi

Afsonaviy jangchi otib ketildi
Foto: Fight.ru
Jiu-jitsu bo‘yicha 8 karra jahon chempioni Leandro Lo San-Paulu (Braziliya)dagi klublardan birida otib ketildi. Voqea konsert payti yuz bergan.

Sportchi klubga kelgan mehmonlardan biri — politsiya ofitseri Enrike Otavio Oliveyra Velozo bilan nizolashib qolgan. So‘kishish qo‘l jangiga aylanib ketgan — politsiyachi Loning stolidagi shishaga qo‘l uzatganida, sportchi uni oyog‘idan chalib yiqitgan. Chempionning do‘stlari ularni ajratib olishgan.

Shundan so‘ng Velozo to‘pponchasini chiqarib jangchining bosh qismiga qarata o‘q uzgan. Og‘ir ahvolda shifoxonaga keltirilgan Lo olingan jarohatlar oqibatida olamdan o‘tgan. Politsiya tergovni va Velozoni qidirishni boshlagan.

Braziliya jiu-jitsusi xalqaro federatsiyasi Loning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Leandro Lo 33 yoshda edi. 8 karra jahon, 8 marta Panamerika o‘yinlari g‘olibi, 5 marta jahon kubogini qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afsonaviy jangchi otib ketildi