Iosif Stalin garov evaziga ozodlikka chiqarildi

Iosif Stalin garov evaziga ozodlikka chiqarildi
Iosif Stalin.
Foto: Vesti.ru

Seylon (Shri-Lanka)da namoyishlar tashkil etgani uchun hibsga olingan o‘qituvchilar kasaba uyushmasining bosh kotibi Iosif Stalin garov evaziga ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Newsfirst portali xabar berdi.

Huquq himoyachisi Iosif Stalin sud qaroriga zid ravishda shu yilning may oyidagi namoyishda qatnashgani uchun 3 avgust kuni qo‘lga olingandi.

Iosif Stalin — Shri-Lankadagi o‘qituvchilar va o‘quvchilar huquqini himoya qiluvchi taniqli shaxs, qolaversa, ta’lim sohasini isloh qilish tarafdorlaridan biri.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar