O‘zbekistondan bir guruh harbiy tibbiyot xodimlari Xalqaro armiya o‘yinlarining (ArMI-2022) “Harbiy tibbiy estafeta” musobaqasida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga yetib bordi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Harbiy tibbiy estafeta otryadidagi yigit-qizlarimiz Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg harbiy tibbiyot akademiyasiga joylashdi, o‘quv bazalari bilan tanishdi va akademiya o‘quv bazasida dastlabki mashg‘ulotlarni boshladi”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston harbiylari 2017 yildan buyon ArMI o‘yinlarida qatnashib keladi. Qolaversa, o‘tgan yili ular o‘yinlar doirasidagi barcha musobaqalarda qatnashishgan. Natijada ular faqat rossiyalik harbiylarga imkoniyatni boy berib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, bu yil Xalqaro armiya o‘yinlari 13-27 avgust kunlari o‘n ikki davlat hududida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda besh yo‘nalish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi