1 189
Tojikistonda AQSH markaziy qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan mashqlar o‘tkazilmoqda
Foto: AQSH elchixonasi
10 avgust kuni Tojikistonda AQSH Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan harbiy mashg‘ulotlar boshlandi. Bu haqda AQSHning Tojikistondagi elchixonasi xabar berdi.
AQSHning Tojikistondagi elchisi Jon Mark Pommersheym 20 avgustga qadar davom etadigan «Mintaqaviy hamkorlik-2022» harbiy mashg‘ulotlari ishtirokchilarini qutladi.
Pommersheym bu AQSHning Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari ishtirokidagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlari ekanligini ta’kidladi.
«Ushbu mashg‘ulot mintaqadagi hamkorlarimiz bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun noyob imkoniyat yaratadi», dedi u.
Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, har yili o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar barqarorlikni ta’minlash, terrorizmga qarshi kurashish, davlatlar o‘rtasida hamkorlik va qo‘shma imkoniyatlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘pmillatli operatsiyalarni kuchaytirishga qaratilgan.
Elchixona xabariga qaraganda, olti kunlik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarida AQSH, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Pokiston va Mo‘g‘uliston harbiylari ishtirok etadi.
Tojikiston va AQSH Faxroboddagi o‘quv markazida besh kunlik ikki tomonlama dala mashg‘ulotlarini ham o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi