
Foto: Getty Images
Coca-Cola HBC AG (CCHBC) Rossiya bozorini tark etganidan so‘ng 2022 yilning birinchi yarmida 190 mln yevro (195,4 mln dollar) zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Qayd etilishicha, kompaniya Rossiyadagi zaxiralarini butunlay tugatgan va Coca-Cola mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatgan.
Shu bilan birga, kompaniyaning mahalliy brendlari, masalan, Rich, «Dobriy» va «Moya semya» sharbatlari foyda keltirishda davom etmoqda, dedi CCHBC bosh direktori Zoran Bogdanovich.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya brendlari Amerikaning The Coca-Cola Company kompaniyasi bilan hech qanday hamkorlik qilmayapti.
Bogdanovich Rossiyadagi biznesini qisqartirish doirasida bu mamlakatdagi xodimlarini ishdan bo‘shatishga to‘g‘ri kelganini qo‘shimcha qildi.
Coca-Cola iyun oyida Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar