2 113
ArMI-2022: O‘zbekiston yana ikki yo‘nalishdagi musobaqalarni ishonchli g‘alaba bilan boshladi
O‘zbekiston jamoasi Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkaziladigan “Elbrus halqasi” musobaqasini ishonchli g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kabardino-Balkariyaning (Rossiya)Terskol hududida o‘tkazilayotgan “Elbrus halqasi” musobaqasida Armaniston, Abxaziya, Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Uganda va Janubiy Osetiya vakillari ishtirok etdi.
Jamoalar birinchi shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Turli murakkablikdagi vazifalarni o‘z ichiga olgan jami 16 ta shartning dastlabkisi sun’iy qoya relefiga yakka tartibda tezkor chiqish edi.
Birinchi shart yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi eng yaxshi natija ko‘rsatib (811 ball), birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qozog‘istonliklar ikkinchi o‘rinni (757 ball) band etgan bo‘lsa, Rossiya jamoasi kuchli uchlikdan (708 ball) o‘rin oldi. Bu birinchi shart bo‘yicha jamoalarning qo‘lga kiritgan natijalaridir. Hali oldinda yana bir-biridan murakkab, bir-biridan qiyin 15 ta shart bor.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar o‘tgan yili “Elbrus halqasi” musobaqasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston harbiylari Jizzaxdagi "Forish" tog‘ poligonida o‘tkazilayotgan “Dala oshxonasi” musobaqasining dastlabki bosqichi, ya’ni “Otish tayyorgarligi” bahslarida muvaffaqiyatli qatnashishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra umumjamoa hisobida quyidagi natijalar qayd etildi: O‘zbekiston - 92,8 ball; Vetnam - 83,5 ball; Rossiya - 72,2 ball; Belarus - 71,5 ball; Tojikiston - 62,0 ball.
Avvalroq O‘zbekiston vakillari “Tank biatloni”ning birinchi musobaqasi - "Individual poyga"da o‘z guruhida yetakchilikni qo‘lga kiritishgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi