Foto: Bloomberg
Rossiya sanoat vazirining prognoziga ko‘ra, mamlakatning ruxsat etilmagan import oqimini ushlab turishga qaratilgan harakatlari faqat cheklangan muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Rossiya Ukrainadagi urushdan keyin xorijiy kompaniyalarning tark etishiga va tanqislikka sabab bo‘layotgan xalqaro sanksiyalarni yengishga harakat qilmoqda.
Mamlakat Bosh vazirining o‘rinbosari Denis Manturovga ko‘ra, hukumat may oyida kompaniyalarga ichki bozor uchun mahsulot olib kirishga ruxsat berganidan so‘ng, parallel import sifatida tanilgan qora bozor savdosi qariyb 6,5 mlrd dollarga yetgan.
Bunda olib kiriladigan mahsulotlarning qalbaki bo‘lish ehtimoli ko‘payadi.
Bu Rossiya ba’zi muhim statistik ma’lumotlarni, shu jumladan import va eksportning batafsil taqsimotini e’lon qilishni to‘xtatganidan keyingi iqtisodiyotning noyob ko‘rinishidir.
Tovar belgilari to‘g‘risidagi qonunlardan ozod qilingan xorijiy tovarlarni mamlakatga olib kirishdagi erishilgan natijalar iyun oyida baholangan.
Unga ko‘ra, 2 mlrd dollarga yaqin parallel import mahsulotlari bozorlarga olib kirilgani taxmin qilinmoqda.
- Joriy yil oxirigacha ularning qiymati 16 mlrd dollarga yetishi mumkin, — dedi savdo va sanoat uchun mas’ul Manturov.
Ushbu ssenariyga ko‘ra, bu ko‘rsatkich Rossiya o‘tgan yili import qilgan tovarlarning atigi 4 foiziga teng bo‘ladi.
Rossiya ko‘p yillar davomida o‘z iqtisodiyotini mustaqil qilish maqsadida chet el brendlarining import o‘rnini bosishga intildi, ammo unchalik muvaffaqiyatga erishmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi