Rossiya Moliya vazirligi Milliy farovonlik jamg‘armasi (FNB) mablag‘larini to‘ldirish va sarflash uchun budjet qoidasi doirasida yuan, hind rupisi va turk lirasi hamda do‘st mamlakatlarning boshqa valyutalaridan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bu Markaziy bankning 2023 yilga hamda 2024 va 2025 yillarga mo‘ljallangan “Yagona davlat pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari” loyihasidan kelib chiqadi.
“Rossiya Moliya vazirligi FNB mablag‘larini do‘st mamlakatlar valyutalarida (yuan, rupiy, turk lirasi va boshqalar) to‘ldirish/xarajat qilish uchun budjet qoidasining operativ mexanizmini joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Agar u qabul qilinsa, budjet qoidasi yana kontrsiklik tarzda rubl kursiga ta’sir qilishi mumkin bo‘ladi”, deyiladi regulyatorning choraklik hisobotida.
Hujjat sanksiyalar tufayli neft va gazdan qo‘shimcha daromad olish uchun dollar va yevro sotib olishning iloji yo‘qligidan dalolat beradi.
Iyul oyida Milliy boylik fondi hajmi 1,4 trillion rublga oshib, 12,1 trillion rublga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi