Foto: Kommersant’
Ufaning Sovetskiy tuman sudi 16 avgust, seshanba kuni DDT rok guruhi rahbari Yuriy Shevchukni RF qurolli kuchlarini omma oldida «obro‘sizlantirish»da aybdor deb topdi va musiqachini 50 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi. Himoya tomoni hukm ustidan shikoyat qiladi. Shevchuk sud majlisida ishtirok etmagan. O‘z bayonotida u koronavirus bilan kasallangan odam bilan aloqada bo‘lgani uchun karantinda ekanligini aytdi.
Hukm e’lon qilinishidan avval «Agora» inson huquqlari tashkiloti rahbari Pavel Chikov Yuriy Shevchukning urushga qarshi bayonotini e’lon qildi. «Men, Yuriy Shevchuk, har doim, har qanday mamlakatda va istalgan vaqtda urushlarga qarshi bo‘lganman. Men Donbassda davom etayotgan sakkiz yillik urushga va Ukrainadagi hozirgi MHAga ham qarshiman», deyiladi bayonotda.
Ufa sudi 5 avgust kuni Yuriy Shevchukning ma’muriy ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Musiqachiga bayonnoma 18 may kuni Ufadagi DDT konsertidan keyin tuzilgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ish «rok musiqachisining konsert vaqtidagi provokatsion bayonotlari yuzasidan» ochilgan.
Shevchuk konsert davomida, xususan, vatan va prezident haqida gapirib o‘tgan: «Vatan, do‘stlar, bu prezidentdan iborat emas. Vatan - vokzalda kartoshka sotayotgan keksa yoshli kambag‘al ayol. Mana shu vatan». Yuriy Shevchuk, shuningdek, Ukrainadagi mojaro tufayli uning yuragi qattiq og‘riyotganini aytdi. «Biz urushga qarshimiz», dedi u.
Iyul oyida «Fontanka» nashri Yuriy Shevchuk chiqishlari rasmiylar tomonidan nomaqbul deb topilgan rossiyalik musiqachilar ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar bergan edi. Aprel oyida Tyumendagi DDT konserti bekor qilindi. Shunda Shevchuk bunga guruhning Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlash ramziga aylangan Z harfi bilan zalda chiqish qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan, deb taxmin qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi