21:30 / 18.08.2022
1 742

Vnukovo aeroportida 225 kg oltin kontrabandasining oldi olindi

Vnukovo aeroportida 225 kg oltin kontrabandasining oldi olindi
Moskvadagi Vnukovo aeroportida umumiy qiymati 800 million rublga teng bo‘lgan 225 kg oltin kontrabandasining oldi olindi, deb xabar qilmoqda Rossiya Federal Bojxona xizmati.

Vnukovo aeroportida 225 kg oltin va uni olib ketayotgan 6 nafar kurer tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olindi. Oltinlar 45 ta quyma yombidan iborat edi.

Ularni olib chiqish uchun kontrabandachilar ikki guruhga bo‘lingan. ️Birinchi guruh Yerevanga chipta olgan, ikkinchisi esa - Dubayga.
Yerevan tanlangani bejiz bo‘lmagan, Armaniston YEOII tarkibiga kiruvchi davlat fuqarolari yuklari bojxonada jiddiy tekshirilmaydi.

Barcha tekshiruvlardan so‘ng sheriklar aeroportning neytral hududida uchrashishdi, sumka almashishdi va samolyotga chiqishdi. O‘shanda ular bojxonachilar tomonidan qo‘lga olingan.

Ayni damda kontrabanda bo‘yicha Rossiya JKning 226.1 bandi bo‘yicha to‘rtta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Jinoyatchilar 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vnukovo aeroportida 225 kg oltin kontrabandasining oldi olindi