Indoneziya prezidenti Joko Vidodo payshanba kuni Bloomberg News agentligiga Xitoy va Rossiya yetakchilari Si Szinpin va Vladimir Putin noyabr oyida Balidagi G20 sammitida qatnashishini ma’lum qildi.
“Si Szinpin keladi. Prezident Putin ham menga kelishini aytdi”, degan u axborot agentligiga.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Reuters agentligining izoh so‘roviga darhol javob bermagan. Indoneziya prezident saroyi rasmiylari izoh berishdan o‘zini olib qochgan.
Indoneziya 20 ta eng yirik iqtisodlar guruhiga raislik qiladi va Ukrainaga bostirib kirishi sababli G‘arb davlatlarining Putinni sammitga taklif qilmaslik haqidagi bosimiga duch keldi.
Jokovi o‘zini urushayotgan davlatlar o‘rtasida vositachi sifatida ko‘rsatishga intilmoqda. Shu sababli Ukraina va Rossiya prezidentlari bilan uchrashuvlarga bordi. Jokovi bu hafta ikkala davlat ham Indoneziyani "tinchlik ko‘prigi" sifatida qabul qilganini aytdi.
Noyabr oyida Indoneziyaning Bali kurort orolida dunyoning eng yirik davlatlar yetakchilari, jumladan, AQSH prezidenti Jo Bayden uchrashishi rejalashtirilgan. Indoneziya Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyni ham taklif qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»