Javelin raketa majmuasi
Foto: Reuters
Pentagon Ukrainaga 775 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi ajratilishi haqida e’lon qildi, u HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimi uchun o‘q-dorilarni va 16 ta gaubitsani o‘z ichiga oladi, deb yozadi «RBK».
CNN Pentagonning yuqori mansabli vakiliga tayanib ma’lum qilishicha, paketga, shuningdek, mingta Javelin tankka qarshi raketalari, razvedka uchun 15 ta ScanEagle uchuvchisiz uchar qurilmalari, 40 ta minaga qarshi kuchaytirilgan himoyali zirhli mashina (MRAP), HARM radiolokatsiyaga qarshi raketalari, 1,5 mingta TOW tankka qarshi raketa majmualari, minalardan tozalash vositalari, Hummer harbiy avtomobillari, tungi ko‘rish uskunalari va boshqalar kiradi.
«Biz, shuningdek, ukrainalik harbiylarga nafaqat sharqda, balki janubda ham jang maydonini o‘zgartirish borasida muvaffaqiyatli harakat qilish imkonini beruvchi yangi vositalarni ham o‘rganyapmiz», — deyishdi Pentagonda Ukrainaga yangi yetkazmalar haqida e’lon qilayotib. Aynan qanday qurol-yarog‘lar nazarda tutilgani noma’lum.
CNN yozishicha, bu so‘nggi 12 oy ichida Pentagon tomonidan Ukrainaga taqdim etilayotgan yordam paketining 19-sidir.
Avgust oyida Vashington Ukrainaga 1 milliard dollarlik harbiy yordam ajratilishi haqida e’lon qilgandi. Bu harbiy mahsulotlarning eng yirik bir martalik yetkazmasidir.
Germaniyaning jahon iqtisodiyoti bo‘yicha Kil instituti tahlilchilari qayd etishicha, AQSH ajratilgan yordam hajmi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yanvardan 3 avgustga qadar Vashington taxminan 25 milliard dollarlik paketlarni ajratgan. Taqqoslash uchun: Yevroittifoq institutlari o‘n barobar kamroq ajratgan, boshqa davlatlar orasida esa eng katta ko‘mak Buyuk Britaniya (4 milliard yevro) va Kanada (qariyb 1 milliard yevro) tomonidan berilgan.
Kreml G‘arb tomonidan taqdim etilgan qurol-yarog‘ Rossiyaga maxsus operatsiya maqsadlariga erishishda xalal bermasligini, ammo Ukrainaning «azoblari»ni ko‘paytirishini aytgandi. Rossiya TIV qayd etganidek, mamlakat uzoq masofali qurol-yarog‘ bilan qanchalik ta’minlanib boraversa, maxsus operatsiya geografik chegaralari ham shunchalik kengayib boraveradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin