“ArMI—2022” xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkazilayotgan “Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi” musobaqasining 1-bosqichi yakunlandi.
Birinchi bosqich davomida razvedka guruhining jangovar vazifani bajarishga tayyorgarligi, piyodalar jangovar mashinasini qiyin sharoitlarda haydash, platformaga joylash va undan chiqish, dushman hududiga o‘q-dorilarni yetkazish, gaz niqob qiyish, yaradorga birinchi yordam ko‘rsatish va jang maydonidan uni evakuatsiya qilish kabi shartlar bajarildi.
O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar mazkur bosqichni muvaffaqiyatli yakunlab, 15 ta davlat ichida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Hozircha musobaqa ishtirokchilarining ketma-ketligi quyidagicha:
• Rossiya — 1-o‘rin;
• O‘zbekiston — 2-o‘rin;
• Hindiston — 3-o‘rin;
• Kamerun — 4-o‘rin;
• Belarus — 5-o‘rin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin