
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 31 iyul kuni Zaporoje viloyatida topshiriqlarni bajarayotgan rossiyalik harbiylar zaharlanish belgilari bilan harbiy gospitalga olib kelindi.
Ularning tanasidan “B” tipidagi botulotoksin moddasi topilgan. Rossiya barcha tahlillar natijalarini Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotiga yuboradi.
Xerson viloyati muvaqqat ma’muriyati rahbari Saldo bayonotiga ko‘ra, kimyoviy jangovar moddalar bilan zaharlanishi bo‘yicha qo‘shimcha tergov olib borilmoqda.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada harbiy operatsiya o‘tkazmoqda, Vladimir Putin bundan maqsadni “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyaning yakuniy maqsadi - Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Rossiya armiyasi DXR va LXR kuchlari bilan birgalikda Lugansk Xalq Respublikasi hududini va Donetskning muhim qismini, shu jumladan Volnovaxa, Mariupol va Svyatogorskni, shuningdek, butun Xerson viloyatini, Zaporojening Azov viloyatlarini to‘liq egallab oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar