Foto: AFP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, hozirda Rossiya boshlagan urush davomida o‘t ochishni to‘xtatish uchun sharoit yo‘q. «Qrim platformasi» yakunlari va Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida u 23 avgust, seshanba kuni DW’ning urushni qishgacha tugatish mumkinmi degan savoliga javob berar ekan, shunday dedi: «Biz o‘t ochishni to‘xtatish masalasiga o‘tishimiz va RF bilan gaplashishimiz kerakligiga ishoralar va signallarni tushundik. Hozirgi sharoitda o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga tayyor emasmiz».
Ukraina rahbari so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning bunday signallarga javoban pozitsiyasi «Minsk-3», «Minsk-5» yoki 7 bo‘lmasligidan iborat: «Biz bu o‘yinlarni o‘ynamaymiz, hududlarimizning bir qismini yo‘qotdik. Chunki bu - tuzoq, biz davlatimizning janubisiz qolamiz».
Volodimir Zelenskiyga ko‘ra, bir necha yil ichida, «ba’zi shartlar» qo‘yilgach, Ukraina dengizga chiqish yo‘lini yo‘qotadi. «hech narsasiz qoladi». Shundan so‘ng, uning fikricha, rus qo‘shinlari «bir yildan keyin aylanib kelib, Nikolayevga, Odessaga boradi». «Keyin ular yana, masalan, poytaxtimizga kelishni xohlab qoladi. Shuning uchun, Ukraina faqat RFni tinchlantirish uchun qo‘shinlar turgan joyda vaziyatni barqarorlashtirish haqida o‘ylamayapti», dedi u.
Ukraina prezidenti Mariupoldagi «Azovstal» zavodida taslim bo‘lgan ukrainalik harbiylar bilan bog‘liq vaziyat qanday rivojlanayotgani, ularning almashish ehtimoli qanday degan savolga ham javob berdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha 144 kishi qaytarilgan, ammo bu faqat «rasmiy qism». «Norasmiy ravishda qaytib kelganlar ham bo‘ldi», deya qo‘shimcha qildi prezident. Zelenskiy Ukraina tomonidan kim va qanday qilib harbiy asirlarni almashish bilan shug‘ullanayotgani, «natija bo‘lganda» batafsil ma’lumot berishga va’da qildi.
Ukraina rahbarining yana bir bor eslatib o‘tishicha, harbiy asirlarga nisbatan «sinov yoki dahshatli qadamlar»ga har qanday urinish «har qanday diplomatiyani unutib qo‘yishga» olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi