Estoniya TIV rahbarining ta’kidlashicha, Moskva Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Tallinga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda.
Estoniya rossiyalik targ‘ibotchi Darya Duginaning o‘limiga javob qaytardi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu Rossiya Federatsiyasi FSBning voqeaga ukrainalik Natalya Vovkning aloqadorligi va uning Estoniyaga uchib ketishi haqidagi bayonotini provokatsiya deb atadi.
"Estoniya FSB bayonotlarini Rossiya Federatsiyasining provokatsiyasi deb hisoblaydi. Bizda bunga qo‘shimcha hech narsa yo‘q", - deya xulosa qildi Reynsalu.
Darya Duginaning o‘limi: nima ma’lum?
“Rus dunyosi” mafkurachisi Aleksandr Duginning qizi Darya Dugina 20 avgust kuni Moskva viloyatida mashinasi portlatib yuborilishi oqibatida halok bo‘lgandi. Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, portlash mashina tag qismiga o‘rnatilgan bomba tufayli sodir bo‘lgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning maslahatchisi Mixail Podolyakning fikricha, Dugina avtomobilining portlashi Rossiyaning ichki inqirozi boshlanganidan dalolat beradi. Unga ko‘ra, mamlakatda turli siyosiy guruhlar o‘zaro jang boshlamoqda.
Bir kun o‘tgach, Rossiya Federatsiyasi FSB Aleksandr Duginning qizi - Daryaning qotili fosh qilinganini iddao qildi. Maxsus xizmat qotillik ijrochisi sifatida Ukrainaning 43 yoshli fuqarosi Natalya Vovkni (Shaban) ayblamoqda. Da’voga ko‘ra, qotillik arafasida ayol 12 yoshli qizi bilan Rossiyaga kelgan.
Rossiyalik targ‘ibotchilarning ta’kidlashicha, Vovk ilgari Ukrainaning “Azov” batalyonida xizmat qilganini aytishgan.
Biroq “Azov” polkining ta’kidlashicha, "FSB tomonidan rossiyalik targ‘ibotchi Duginning qiziga qarshi terakt bo‘yicha tergov bo‘yicha hisobotida ismi va harbiy guvohnomasi e’lon qilingan ayolning “Azov” polkiga hech qanday aloqasi yo‘q va hech qachon bo‘linmada xizmat qilmagan".
Keyinroq turli manbalar, jumladan, Davlat Dumasi deputati Yevgeniy Popov ham, Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenko ham e’lon qilingan hujjatni “soxta” deb atagan edi. Ayolning singlisi RIA Novostiga bergan izohida, Natalya nogironligi sababli armiyada xizmat qila olmasligini aytgan.
Marhumning do‘stlari, sodir bo‘lgan voqea buyurtma qotillikdan boshqa narsa emasligiga aminlar, uning asosiy nishoni Darya Dugina emas, balki uning otasi bo‘lgan.
"Ularning asosiy dushmanlari g‘arbparast, yevropa va liberal lobbi kuchlaridir. Dushmanlar juda ko‘p bo‘lgan, ehtimol ular avval ham tahdid qilgandir", - degan Sergey Aleksandrov.
Shunisi qiziqki, Dugina mashinasini qo‘ygan VIP-turargohda birorta videokameralar ishlamagan.
Amerikalik siyosiy ekspert Glen Bek Duginni "dunyodagi eng xavfli odam" deb atagan. G‘arbda Aleksandr Dugin "rus dunyosi"ning asosiy mafkurachisi hisoblanadi.
Yevroosiyo imperiyasi, sharqiy slavyanlar va umuman, Yevroosiyodagi barcha xalqlarni yangi qudratli imperiyaga birlashtirish g‘oyalari Duginning asosiy nazariyasidir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi