
Foto: Pxhere.com
AQSH Davlat departamenti va Kiyevdagi elchixonasi Ukrainada jangovar harakatlar kuchayib ketishidan xavotirda. Shu munosabat bilan Ukrainada bo‘lgan barcha amerikaliklardan zudlik bilan chiqib ketish so‘raldi.
Davlat departamenti va diplomatlar Amerika razvedkasi ma’lumotlariga asoslanishayotgani aytilmoqda.
Elchixona tasdiqlagan ma’lumotga ko‘ra, yaqin kunlar ichida Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmalari va davlat ob’ektlariga zarbalar berilishi ehtimoli yuqori. Mamlakatni tark etish uchun, agar xavfsiz bo‘lsa, imkon qadar yer usti transportidan foydalanish tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 avgust — Ukraina mustaqilligi kuni.
AQSHUkrainaKiyevJangovar HarakatlarFuqarolik InfratuzilmalariAmerika Razvedkasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing