Foto: Getty Images
Italiyaning Sardiniya oroli hukumati bu yerga doimiy yashash uchun ko‘chib keluvchilarga 15 ming yevro miqdorida grant berilishini e’lon qildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Hukumat orol aholisi sonining kamayishi va iqtisodiyotning pasayishini shu yo‘l bilan to‘xtatmoqchi. Hozirda Sardiniyaning qishloq joylarida yashovchi yoshlar ommaviy ravishda Italiyaning yirik shaharlariga ketib qolmoqda.
«Sardiniya bu yerga ko‘chib keluvchilar yoki shu yerda oila qurishni istaydiganlar uchun serhosil yerga aylanadi», — deyiladi avtonom oblast prezidenti Kristian Solinasning bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, orolda yashashga qaror qilgan yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Grantlar Sardiniyadan uysotib olgan yoki oroldagi uyni ta’mirlaganlargagina ajratiladi. Grant oluvchilar 3 ming nafardan kam odam yashaydigan aholi punktiga ko‘chib kelishi shart. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi