
Papua-Yangi Gvineyada yangi hukumat shakllantirildi, endi uning tarkibida qahva (kofe) va palma yog‘i vazirliklari ham bor. Bu haqda New Zealand National radiostansiyasi xabar berdi.
Papua-Yangi Gvineya — nomini uncha-muncha odam eshitmagan bu mamlakatda umummilliy parlament saylovlaridan keyin shakllantirilgan yangi hukumat tarkibiga naq 32 ta vazirlik kirgan. Yangi tashkil etilgan qahva vazirligiga Jo Kuli, palma yog‘i vazirligiga Fransis Maneke rahbar bo‘ldi.
Hukumat qahva va palma yog‘i mamlakat eksportida eng muhim mahsulotlar ekanini ta’kidlab, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish uchun ularni alohida sohalarga ajratganini ma’lum qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar