date
views 1 748

Efiopiyada mamlakat chegarasini buzib kirgan samolyot urib tushirildi

Efiopiyada mamlakat chegarasini buzib kirgan samolyot urib tushirildi
Foto: AP
Efiopiya harbiy-havo kuchlari mamlakat havo sarhadini buzib kirgan samolyotni urib tushirdi. Bu haqda Fana radiokorporatsiyasi xabar berdi.

Harbiylarning bayonotiga ko‘ra, samolyot mamlakat shimolida joylashib olgan "Tigray xalq ozodlik fronti" isyonchilariga qurol olib ketayotgan bo‘lgan.

"Bortida "Tigray xalq ozodlik fronti" uchun qurol olib ketayotgan samolyot Sudan tomondan Efiopiya havo hududini buzib kirdi va Tigraydagi Xemer shahri shimolida urib tushirildi", deyiladi bayonotda.

Iyun oyida Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali "Tigray xalq ozodlik fronti" bilan muzokara olib borish uchun qo‘mita tuzilganini ma’lum qilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Efiopiyada mamlakat chegarasini buzib kirgan samolyot urib tushirildi