01:07 / 26.08.2022
2 075

Xitoyda dyugonlar qirilib ketdi

Xitoyda dyugonlar qirilib ketdi
Foto: Zooclub.ru
Xitoy janubiy suvlarida asrlar davomida yashab kelgan dengiz sutemizuvchilari — dyugonlar qirilib ketdi. Bu haqda CNN London zoologiya jamiyati (ZSL) hamda Xitoy fanlar akademiyasiga asoslanib xabar berdi.

Bu hududlarda dyugonlar soni 1970-yillardan qisqarishni boshlagan. Sababi: baliqchilik, kemalar bilan to‘qnashuvlar hamda dyugonlar yashashi uchun sharoitning tinmay buzilib borishi edi.

Ta’kidlanishicha, bu Xitoy qirg‘oqbo‘yi suvlarida yirik sutemizuvchilarning birinchi marta funksional qirilib ketishidir.

1988 yili Xitoy davlat kengashi dyugonni birinchi darajali asosiy himoyalangan jonivor sifatida tasniflagandi. Tabitani muhofaza qilish xalqaro ittifoqi esa bu turni eng himoyasiz jonivorlar ro‘yxatiga kiritgandi.

Ma’lumot uchun: Tarjima qilinganda nomi «dengiz qizi» yoki «suv parisi» ma’nosini beruvchi, dengiz sigiri deb ham ataluvchi dyugon (Dugong)lar suvo‘tlar bilan oziqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda dyugonlar qirilib ketdi