08:25 / 26.08.2022
1 271

Norvegiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga mikrodron yetkazib beradi

Norvegiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga mikrodron yetkazib beradi
Norvegiya Mudofaa vazirligi Buyuk Britaniya Ukrainaga jo‘natish uchun Norvegiyada ishlab chiqarilgan Black Hornet mikrodronlarini olishini ma’lum qildi.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, Buyuk Britaniya Ukrainaga xayriya qilish uchun sotib olgan mikrodronlarning qiymati 9,1 million dollarni tashkil qiladi.

Norvegiya shuningdek, Buyuk Britaniya homiyligidagi yordam fondiga 42 million dollar ajratadi, bunda uchuvchisiz apparatlarni sotib olish hamda Ukraina armiyasi uchun tayyorgarlik ko‘rish kiradi.

Ukraina Rossiya hujumlaridan mudofaa qilish uchun harbiy texnika talab qilganidan keyin Norvegiya va Buyuk Britaniya harakatga kirishdi.

Norvegiyada ishlab chiqarilgan, kuzatuv va maqsadni aniqlash funksiyalariga ega Black Hornet mikrodronlari sanoatning ilg‘or texnologiyalari qatoriga kiradi va ulardan AQSH, Buyuk Britaniya va ba’zi NATO davlatlari tomonidan faol foydalaniladi.

Norvegiya mudofaa vaziri Byorn Arild Gramning aytishicha, Black Hornet dronlari mustahkam, ishonchli va aniqlash qiyin, shahar sharoitida foydalanish uchun mos.

Gramga ko‘ra, G‘arb davlatlari Ukrainaga o‘z zaxiralaridan yordam ko‘rsatgan, biroq Buyuk Britaniya va Norvegiya o‘rtasidagi mikrodronlarni yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik alyans mamlakatlari Ukrainani qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi borasida yangi “yo‘nalish”ni ko‘rsatmoqda.

Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles bu borada qilgan bayonotida Norvegiya va Buyuk Britaniyaning Ukraina bilan “yelkama-yelka” turishini va bu uchuvchisiz samolyotlar jang maydonida ukrainlarga “hayotiy” ustunlik berishini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Norvegiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga mikrodron yetkazib beradi