11:44 / 26.08.2022
1 716

OAV: Rossiya YEOII davlatlariga “dollardan aylanib o‘tish”ni taklif qilmoqchi

OAV: Rossiya YEOII davlatlariga “dollardan aylanib o‘tish”ni taklif qilmoqchi
Rossiya 25 va 26 avgust kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishlari kun tartibiga Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi a’zo davlatlarining milliy valyutalaridan foydalanishni kengaytirish masalasini kiritdi. Bu haqda RBK manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi uyushmaga a’zo mamlakatlarda YEOII mamlakatlari milliy to‘lov tizimlarining ishlashini ta’minlashni taklif qilmoqchi. Shuningdek, YEOII mamlakatlari banklaridagi vakillik hisob-varaqlarining milliy valyutadagi ulushini oshirish, 2022 yil oxiriga qadar YEOII davlatlarining markaziy banklarini Rossiya bankining moliyaviy xabarlarni uzatish tizimiga (SPFS) ulash, shuningdek, SPFSni o‘zaro savdoga xizmat ko‘rsatadigan ko‘pgina banklarga ulash fikrini ilgari suradi.

Bundan tashqari, Rossiya delegatsiyasi Ittifoq mamlakatlari birjalarida YEOII milliy valyutalarida valyuta juftliklari savdosini yo‘lga qo‘yishni taklif etmoqchi.

Moskva, shuningdek, milliy valyutalarda tovar aktivlari savdosini boshlash imkoniyatini ham muhokama qilish niyatida ekani aytilyapti.

Ma’lumot uchun: YEOII — Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston davlatlari o‘rtasida tuzilgan kelishuv. Garchi ittifoq iqtisodiy deb atalgan bo‘lsa-da, oxirgi yillarda mazkur ittifoqqa a’zo mamlakatlarning vakillari tomonidan bir qator tanqidiy chiqishlar, bayonotlar berildi. Aytishlaricha, bu ittifoqdan faqat ayrim davlatlargina foyda bor, xolos.

Ayrim davlatlar tomonidan O‘zbekiston ham mazkur ittifoqqa a’zo bo‘lishi muttasil taklif va targ‘ib qilinadi. Hatto ayrim rossiyalik amaldorlar o‘z chiqishlarida O‘zbekistonni YEOIIga bugun-erta a’zo bo‘ladiganday ko‘rsatildi. Vaholanki, davlatimiz hozircha ushbu ittifoqqa kuzatuvchi maqomida qo‘shildi.

Taniqli siyosatshunos va iqtisodchi olim, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev qat’iy ta’kidlagan quyidagi gapni eslab o‘tish foydadan holi bo‘lmaydi: “O‘zbekiston milliy manfaatlarga raxna soluvchi hech qanday shartnomaga qo‘l qo‘ymaydi!”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Rossiya YEOII davlatlariga “dollardan aylanib o‘tish”ni taklif qilmoqchi