Aslan Bjaniya
Foto: «Nokta.md»
Qisman tan olingan Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya respublika ayni paytda Rossiya va Belarus a’zo bo‘lgan Ittifoq davlatiga qo‘shilishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
«Rossiya va Belarusdan iborat Ittifoq davlatiga boshqa mamlakatlar ham qo‘shilishni xohlasa, biz mamnuniyat bilan bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardik va Ittifoq davlatining teng huquqli ishtirokchisi bo‘lardik», — dedi Bjaniya «Solovyov LIVE» telekanali efirida.
Bjaniya Ittifoq davlat g‘oyasi Abxaziya xalqiga yaqin ekaniga va «milliy manfaatlarga mos kelishi»ga mutlaqo ishonchi komilligini qo‘shib qo‘ydi.
Rossiya va Belarus Ittifoq davlati 2000 yil yanvaridan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda. Ittifoq ishtirokchilari umumiy parlament va konstitutsiya, yagona valyuta yaratishni muhokama qilgan, ammo bunday bitimni qabul qilmagan. 2019 yilda Rossiya tashabbusi bilan muzokaralar qayta boshlandi, 2021 yilda esa tomonlar Rossiya va Belarusning integratsiyalashuviga qaratilgan 28 ta ittifoq dasturlarni kelishib oldi.
2022 yil iyulida Aleksandr Lukashenko agar sobiq SSSR mamlakatlari «o‘z suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolmoqchi bo‘lsa», Ittifoq davlati bilan «yaqinlashishga chin yurakdan qiziqishi kerak»ligini aytgandi.
2008 yilda Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi urushdan keyin Abxaziya mustaqilligini Rossiyaning o‘zi, Venesuela, Nikaragua, Nauru va Suriya tan olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi