Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi AQSH Davlat kotibining pozitsiyasidan hayratda ekanligini bildirdi.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning “Filipp Rikourning Kavkazdagi muzokaralar bo‘yicha bosh maslahatchi etib tayinlanishi haqidagi” bayonotini mintaqada yuzaga kelgan mojarodan keyingi voqeliklardan uzoq deb atadi.
Bu haqda Ozarbayjon TIV matbuot xizmati rahbari Leyla Abdullayeva xabar berdi.
Uning aytishicha, Blinkenning 24 avgustdagi bayonoti mintaqada hukm surayotgan mojarodan keyingi voqeliklardan yiroq yondashuvni namoyish etgani ajablanarli.
Abdullayevaning ta’kidlashicha, Ozarbayjonning Minsk guruhi bo‘yicha pozitsiyasi yuqori darajada bir necha bor va aniq ifodalangan.
“Deyarli ishlamayotgan Minsk guruhini “jonlantirish”ga urinishlar AQSHning Ozarbayjon-Armaniston munosabatlarini normallashtirish jarayonidan chiqishiga olib kelishi mumkin. Qorabog‘ mojarosi hal bo‘ldi va Qorabog‘ Ozarbayjonning ajralmas qismi hisoblanadi”, — dedi Abdullayeva.
Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan bizning hamkorlarimiz tushunishi kerakki, Ozarbayjon-Armaniston munosabatlarini normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni Qorabog‘ muammosi bilan bog‘lash hech qanday tarzda normallashuvga yordam bermaydi, deyiladi Abdullayeva bayonotida.
2020 yil 27 sentabr kuni Armaniston qurolli kuchlarining front chizig‘i bo‘ylab keng ko‘lamli provokatsiyasiga javoban Ozarbayjon armiyasi keyinchalik “Temir musht” deb nomlangan qarshi hujum operatsiyasini boshladi. 44 kun davom etgan urush Ozarbayjon yerlarining qariyb o‘ttiz yillik ishg‘oliga chek qo‘ydi.
Ozarbayjon armiyasi 5 ta shahar, 4 ta aholi punkti, 286 ta qishloq, ko‘plab strategik balandliklarni arman bosqinchilaridan ozod qildi.
Armaniston mag‘lubiyatini tan olib, taslim bo‘lish to‘g‘risidagi aktni imzoladi, unga ko‘ra Ozarbayjonning Agdam, Lochin va Kalbajar viloyatlaridagi bosib olingan hududlarni ozod qilish majburiyatini oldi.
2020 yil 9-10 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya va Ozarbayjon prezidentlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyev, shuningdek, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan tomonidan imzolangan uch tomonlama bayonotga ko‘ra, Armaniston armiyasi yuqoridagi hududlardan olib chiqib ketilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi