
Foto: TASS
Qirg‘iziston jazoni ijro etish xizmati mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga Moskvada davolanishiga ruxsat bermadi. Bu haqda uning advokati Zamir Jooshev ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Atamboyevda Rossiyaga chiqish uchun huquqiy asos yo‘q.
«Atamboyevning salomatligi nisbatan qoniqarli, u 27-koloniya tibbiyot qismida davolanmoqda», — deyiladi jazoni ijro etish xizmati bayonotida.
Almazbek Atamboyev 2011 yildan 2017 yilgacha Qirg‘iziston prezidenti lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. U 2019 yilda prezidentlik daxlsizligidan mahrum qilingan va korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar