22:44 / 27.08.2022
1 455

Putin ukrainaliklarning Rossiyada cheksiz muddat bo‘lib turishiga ruxsat berdi

Putin ukrainaliklarning Rossiyada cheksiz muddat bo‘lib turishiga ruxsat berdi
Foto: RIA Novosti
Ushbu fuqarolarga nisbatan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya yoki Rossiyaga kirish taqiqlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ular RF hududida mehnat qilish ruxsatnomasi yoki patent olmasdan mehnat faoliyati amalga oshirishi mumkin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “DXR va “LXR” hamda Rossiya nazorati ostidagi Ukraina hududlarida yashovchi fuqarolarga oid ikkita farmonni imzoladi.

Birinchi farmonga ko‘ra, “DXR va “LXR” hamda Rossiya nazorati ostidagi Ukraina hududlarida yashovchi fuqarolar tegishli protseduralardan (daktiloskopik registratsiya va boshqalar) o‘tganidan so‘ng RF hududida cheksiz muddat bo‘lib turishlari mumkin. Ular RF hududida mehnat qilish ruxsatnomasi yoki patent olmasdan mehnat faoliyati amalga oshirishi mumkin.

Ushbu fuqarolarga nisbatan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya yoki Rossiyaga kirish taqiqlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Teraktlar sodir etishni rejalashtirgan, jamoat tartibiga tahdid solgan shaxslar bundan mustasno.

Yana bir farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 iyuldan boshlab “DXR va “LXR” hamda Rossiya nazorati ostidagi Ukraina hududlarida yashovchi fuqarolarga pensiya va ijtimoiy nafaqalar belgilanadi.

24 avgust holatiga ko‘ra, fevral oyidan buyon Rossiyaga Ukrainadan 3,5 mln nafardan ortiq qochqin o‘tgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin ukrainaliklarning Rossiyada cheksiz muddat bo‘lib turishiga ruxsat berdi