23:06 / 27.08.2022
1 287

Dunyoning eng badavlat insonlari bir kunda 30 mlrd dollar yo‘qotdi

Dunyoning eng badavlat insonlari bir kunda 30 mlrd dollar yo‘qotdi
Foto: Forbes
Dunyoning eng badavlat 10 nafar milliarderining boyligi bir kun ichida 30 mlrd dollarga kamaydi.

Sayyoraning eng boy biznesmeni, Tesla rahbari Ilon Maskning boyligi 5,4 mlrd dollarga qisqardi va 257,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

LVMH egasi Bernar Arnoning boyligi 4,5 mlrd dollarga kamayib, 161,7 mlrd dollarga tushdi.

Amazon asoschisi Jeff Bezos bir kunda 6,5 mlrd dollar yo‘qotdi, endilikda uning boyligi 155,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.

Uorren Baffet va Larri Ellison 3 mlrd dollardan, Bill Geyts 2 mlrd dollar yo‘qotdi.

Google asochilari Sergey Brin va Larri Peyjning boyligi qariyb 5 mlrd dollardanga kamaydi.

Yuqori o‘ntalikda boyligi miqdori oshgan yagona milliarder hindistonlik Gautam Adani bo‘ldi. Adani Group egasining boyligi 1,6 mlrd dollarga ko‘paydi va 140,1 mlrd dollarga yetdi.

Milliarderlarning boyligi AQSH federal zaxirasi rahbari Jerom Pauellning bayonotidan keyin kamayib ketdi. Pauell sakkiz daqiqalik chiqishida inflyatsiya o‘sishiga qarshi turish uchun foiz stavkalari yanada o‘sishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng badavlat insonlari bir kunda 30 mlrd dollar yo‘qotdi