23:30 / 27.08.2022
1 899

“Armaniston bilan gaplashishimiz uchun “o‘rtachilar” kerak emas!” – Ozarbayjon rasmiysi

“Armaniston bilan gaplashishimiz uchun “o‘rtachilar” kerak emas!” – Ozarbayjon rasmiysi
Ozarbayjonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatlar va harbiylarning Shushaga taklif etildi. Tashrif doirasida diplomatik korpus vakillari va harbiylar hududda rekonstruksiya qilish, minalardan tozalash va shaharsozlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtiriladi.

Ta’kidlash joizki, tadbirda 60 dan ortiq davlat va 19 xalqaro tashkilotdan 100 dan ortiq diplomat va harbiy vakillar ishtirok etmoqda.

AQSH va Fransiyaning Ozarbayjondagi elchilari arman bosqinidan ozod qilingan Shusha shahriga rasman taklifni etilgan, ammo ular bu taklifni qabul qilmadi. Boku rasmiylari mazkur davlat elchilarining bunday munosabatidan qattiq ranjiganini bildirdi.

Bugun Shushada AQSH va Fransiya diplomatlari yo‘q, bu Ozarbayjon hukumati taklifiga bepisand munosabatda ekanligini ko‘rsatmoqda”, dedi Ozarbayjon prezidenti yordamchisi – Prezident ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Hikmat Hojiyev Shushadagi anjumanda so‘zlagan nutqida.

Hojiyev elchixonalarning bu pozitsiyasini “Ozarbayjon hududiy yaxlitligiga hurmatsizlik ko‘rinishi” deb atadi.

Fransiya va AQSH Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YEXHT) Minsk guruhi hamraislari sifatida 30 yil davomida Armaniston-Ozarbayjon mojarosini hal qilishga hissa qo‘shmadi”, — dedi Hojiyev.

Hajiyevning qayd etishicha, Ozarbayjon-Armaniston munosabatlarini normallashtirish jarayonini ilgari surish uchun vositachilar kerak emas.

"Bu ikki davlat o‘rtasidagi jarayon", dedi u.

Ozarbayjon prezidentining yordamchisi yana e’tiborni Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining yaqin orada bo‘lib o‘tadigan uchrashuviga qaratdi.

U bo‘lajak yig‘ilishda tinchlik bitimi matnini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh masalasi kelishib olinishiga umid bildirdi.

Shushadagi anjumanda Ozarbayjonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro agentliklar vakillari ishtirok etmoqda.

Shuningdek, Hikmat Hojiyevning bildirishicha, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari yaqin kunlarda uchrashadi.

U Ozarbayjon tomonining uchrashuvda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida tinchlik bitimi matnini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish bo‘yicha kelishib olinishiga umid bildirdi.

Shu bilan birga, oy oxirida Armaniston va Ozarbayjon bosh vazirlari o‘rinbosarlari Moskvada uchrashib, transport-kommunikatsiya va delimitatsiya masalalarini muhokama qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Armaniston bilan gaplashishimiz uchun “o‘rtachilar” kerak emas!” – Ozarbayjon rasmiysi