date

Google foydalanuvchilarning qidiruv natijalariga munosabatini kuzatib boradi

Google foydalanuvchilarning qidiruv natijalariga munosabatini kuzatib boradi

Google foydalanuvchi so‘roviga ko‘ra sahifalar ro‘yxatini taqdim etganidan so‘ng uning bunga munosabatini payqashi mumkin bo‘lgan algoritm uchun patent oldi. Mazkur texnologiya qidiruv tizimi faoliyatini yaxshilashga xizmat qilishi bildirilmoqda, deya xabar beriladi "Daryo" nashrida.

Google foydalanuvchining yuzidagi hissiyotni aniqlash uchun noutbuk, smartfon yoki planshetning old kamerasidan foydalanmoqchi. Bundan tashqari, muhandislar mobil qurilmalardagi datchiklardan ham ma’lumot olib turishi kutilmoqda.

Kuzatib boriladigan ko‘rsatkichlar qatorida tana harorati, yurak urishi o‘zgarishi bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Algoritm ko‘z uchishi va pirpirashi, qorachiq kengayishiga qarab foydalanuvchi qidiruv tizimi bergan manbalardan qoniqish hosil qilganligi yoki yo‘qligini ham tahlil qiladi.

Kelgusida foydalanuvchi ijobiy munosabat bildirgan sahifalar qidiruvda yuqorilab boradi. Foydalanuvchi tomonidan so‘rovga arzigulik emas deb topilgan saytlar Googledagi mavqeini yo‘qotadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Google foydalanuvchilarning qidiruv natijalariga munosabatini kuzatib boradi