Sovet davlati so‘nggi rahbarining o‘limi haqida Rossiya ommaviy axborot vositalari Markaziy klinik kasalxonaga tayanib xabar bermoqda. Mixail Gorbachyov 91 yoshda edi.
SSSR sobiq prezidenti Mixail Sergeyevich Gorbachyov 92 yoshida Moskvada vafot etdi. Bu haqda 30 avgust, seshanba kuni Markaziy klinik shifoxona (MKSH) ma’lumotlariga tayanib, Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar berdi. Siyosatchi Moskvadagi Novodevichya qabristonida rafiqasi yoniga dafn etiladi, deb yozadi TASS.
Mixail Gorbachyov 1931 yil 2 martda hozirgi Stavropol o‘lkasi hududida tug‘ilgan. Moskva davlat universitetining yuridik fakultetini qizil diplom bilan tamomlagan.
Gorbachyov sovet davlatining so‘nggi rahbari va KPSS markaziy qo‘mitasining so‘nggi bosh kotibi edi - u bu lavozimni 1985 yilda egallagan. Ko‘p o‘tmay, siyosatchining tashabbusi bilan davlat siyosiy va iqtisodiy tuzilishiga tegishli qayta qurish islohotlari boshlanishi e’lon qilindi.
Qayta qurish sovet jamiyatini sezilarli darajada demokratlashtirishni, shu jumladan saylov tizimini isloh qilishni talab etdi. 1989 yil bahorida SSSR xalq deputatlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi, bu aslida 1917 yilda bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelganidan keyin birinchi erkin saylovlarga aylandi.
Gorbachyov davrida Afg‘onistondagi o‘n yillik harbiy kampaniya yakunlandi, u yerdan sovet qo‘shinlari olib chiqildi. 1990 yilda Mixail Gorbachyov SSSRning birinchi prezidenti bo‘lib, bu lavozimni egallagan yagona siyosatchi sifatida tarixga kirdi. Xuddi shu yili u tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi