Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “sirli g‘alabasi” mamlakatda qishloq xo‘jaligini muvaffaqiyatli rivojlantirganida. Bu haqda Italiyaning “Corriere della Sera” gazetasi yozmoqda.
Jurnalist Federiko Rampinining so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya qishloq xo‘jaligi baquvvat” va 2022 yilda mamlakat “dahshatli ssenariylarga” qaramay rekord darajadagi don eksportiga erishadi.
U AQSH fermerlari “sovet fuqarolari och qolishiga yo‘l qo‘yishmagani” zamonini ham yodga olgan. “Hozir bu xotiralar uzoq o‘tmishda qoldi. Putin davrida Rossiyada qishloq xo‘jaligining hayratli ravishda qayta tiklanishi ro‘y berdi”, - deya qayd etgan Rampini.
Jurnalistning ta’kidlashicha, 2000 yildan 2018 yilgacha Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 16 baravarga oshgan, hozir Rossiya Amerikaga qaraganda bir necha baravar ko‘p don ishlab chiqaradi.
Rampini global isishning qishloq xo‘jaligiga ta’siriga to‘xtatalib, bunda ham Rossiya Kanada va Skandinaviya mamlakatlari bilan bir qatorda yutuqli holatda bo‘lishini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi don eksportining 13-16 foizi Moskva nazorati ostida, 2022 yil oxiriga kelib esa Rossiya eksporti o‘tgan yilgi ko‘rsatgichdan oshadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya dunyoda g‘alla eksportida birinchi o‘rinda ekanini qayd etgandi. 2022 yilda mamlakatda don hosili 130 million tonnaga yetishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?