AQSH prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondagi jangovar amaliyotlarda qatnashgan amerikalik harbiylarga shafqatsizlarcha xiyonat qildi. Bu haqda kongressmen Brayan Mast ma’lum qildi.
“O‘n ikki yil oldin men “Tolibon”*ning 2001 yilda qulashidan oldin so‘nggi tayanchi bo‘lgan Qandahorda oyog‘imni yo‘qotdim. Bir yil oldin toliblarning xuddi shu joydan Amerika harbiy texnikasi bilan yurishini kuzatishga majbur bo‘ldim. Prezident Baydenning halokatli chekinishi barcha harbiylar uchun xiyonat edi”, deb yozdi siyosatchi Twitter’da.
2021 yil avgust oyi boshida toliblar afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirdi, 15 avgust kuni ular Kobulga kirdi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSH harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi.
31 avgustga o‘tar kechasi Amerika qo‘shinlari Kobul aeroportini tark etib, AQSHning respublikadagi qariyb 20 yillik mavjudligiga chek qo‘ydi. Evakuatsiya paytida AQSH Qurolli kuchlarining 13 nafar askari halok bo‘ldi va 20 nafari yaralandi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?