Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida bo‘lib o‘tgan press-konferensiyada mamlakatning Mudofaa vaziri Mavlavi Muhammad Yaqub Mujohid Tojikiston va O‘zbekistondan yana bir bor harbiy vertolyotlarni qaytarishni so‘radi.
Mudofaa vaziri vertolyotlar afg‘on xalqiga tegishli ekaniga urg‘u bergan va ularni qaytarishga harakatlar davom etishini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra AQSH vertolyotlarning qaytarilishiga qarshilik ko‘rsatmoqda. AQSH avvalgi hukumatga tegishli bo‘lgan harbiy texnika Afg‘oniston Islom Amirligiga qaytarilmasligini bildirgan.
Xalqaro huquq bo‘yicha mutaxassislarning ham bu borada fikri ikkiga ajralgan. Sobiq diplomat Fahim Kohdamani amaldagi hukumatga xalqaro hamjamiyat tomonidan kafolatlar berilmaguncha ushbu harbiy texnika aslo qaytarilishi mumkin emas desa, siyosiy tahlilchi Sodiq Shinvari vertolyotlar hech qanday shartlarsiz Afg‘onistonga qaytarilishi kerakligi ta’kidlaydi.
Elatib o‘tamiz, Afg‘onistonda siyosiy rejim o‘zgarishi vaqtida 60 dan ortiq vertolyot va boshqa harbiy texnika qo‘shni mamlakatlar hududiga olib o‘tilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?