Skrinshot: «RBK»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ish grafigi tufayli SSSR birinchi prezidenti Mixail Gorbachyovning dafn marosimiga tashrif buyura olmaydi. Biroq u kasalxonaga borib, marhum bilan vidolashib keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitiry Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».
«Kaliningradga jo‘nab ketishidan oldin prezident Markaziy klinik kasalxonaga kirib, Mixail Sergeyevich bilan vidolashdi», — dedi Kreml vakili.
Sobiq prezidentning dafn marosimi qanday maqomga ega bo‘lishi haqida gapirar ekan, Peskov davlat motam marosimi unsurlari, xususan, faxriy qorovul bo‘lishini aytdi. «Unda davlat dafn marosimi unsurlari, shu jumladan, faxriy qorovul bo‘ladi, vidolashuv tashkillashtiriladi», — dedi u. Bundan tashqari, davlat ularni tashkil qilishda yordam beradi.
Gorbachyov bilan vidolashuv 3 sentabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Siyosatchi Novodeviche qabristoniga, 1999 yilda vafot etgan rafiqasi Raisaning yoniga dafn qilinadi.
SSSR sobiq prezidenti 30 avgust kuni kechqurun Moskvada vafot etdi, u 91 yoshda edi. Markaziy klinik kasalxonada aniqlik kiritishlaricha, Gorbachyov uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan ko‘z yumgan. So‘nggi vaqtlarda u buyrak kasalligidan aziyat chekkan. Yoz boshlarida siyosatchi bir necha yillardan buyon gemodializ muolajasini olayotgani aytilgandi.
Putin Gorbachyovning o‘limi munosabati bilan hamdardlik izhor etib, u «jahon tarixining borishiga juda katta ta’sir o‘tkazgani» va «islohotlar zarurligini chuqur anglagani»ni ta’kidlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?