Isroil bosh vaziri Yair Lapid va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Isroil bosh vaziri matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 24 avgust kuni Lapid Ukraina xalqini mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan tabriklagan va Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
“Bosh vazir Lapid va prezident Zelenskiy Ukrainadagi urushni muhokama qilishdi. Bosh vazir urushda halok bo‘lgan va yaralanganlarga hamdardlik bildirdi hamda urushni tugatish uchun diplomatik yechim topishga chaqirdi”, deyiladi xabarda.
Ukraina prezidenti Zelenskiy ham o‘zining Twitter’dagi sahifasida Lapid bilan bo‘lgan telefon suhbatiga izoh berdi.
“Men birinchi telefon orqali Isroilning yangi bosh vaziri Yair Lapid bilan suhbatlashdim. Men Isroilga Rossiyaga qarshi sankwiyalarda ishtirok etishiga va Rossiya Federatsiyasining agressiyasiga qarshi turishda Ukrainaga amaliy yordam ko‘rsatishiga ishonaman”, — deb yozdi prezident Zelenskiy. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi