15:18 / 02.09.2022
972

Jo Bayden Tramp va uning tarafdorlarini «mamlakatga tahdid» deb atadi

Jo Bayden Tramp va uning tarafdorlarini «mamlakatga tahdid» deb atadi
Foto: Kevin Lamarque / Reuters / Scanpix / LETA
AQSH prezidenti Jo Bayden amerikaliklarga murojaatida o‘zidan oldingi prezident Donald Tramp va uning tarafdorlarini «mamlakatga tahdid» deb atadi.

«Donald Tramp va MAGA respublikachilar respublikamiz poydevoriga tahdid soluvchi ekstremizmni ifodalaydi», dedi u.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Tramp tarafdorlari «konstitutsiyani hurmat qilmaydi va qonun ustuvorligiga ishonmaydi», 2020 yilgi prezidentlik saylovi natijalarini tan olmaydi, shuningdek, mamlakatni «tanlash huquqi yo‘q bo‘lgan» o‘tmishga qaytarishga harakat qilmoqda.

AQSH prezidenti, shuningdek, Tramp tarafdorlari orasida jamoat arboblari ommaviy tartibsizliklarga chaqirishayotganini aytdi. «Amerikada siyosiy zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q. Nuqta», dedi u.

Bayden bu barcha respublikachilarga taalluqli emasligini ta’kidladi, biroq Tramp va uning tarafdorlari Respublikachilar partiyasida hukmronlik qilishini va uni «qo‘rqitib qo‘ygani»ni aytdi.

Respublikachilar partiyasi prezidentni nutqi uchun tanqid qilib, uni jamiyatga nizo keltirib chiqarishda aybladi.

Politico Baydenning nutqini uning prezidentligi davridagi eng keskinlaridan biri deb atadi. Nashr ushbu nutqni noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Kongressga saylovlarda «stavkalarni aniqlash»ga urinish sifatida talqin qildi. The New York Times gazetasining yozishicha, Bayden jamoasi saylovni amaldagi prezident dasturi va Tramp tarafdorlarining «ekstremizmi» o‘rtasidagi «hayotiy tanlov» sifatida taqdim etmoqchi.

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Amerika siyosatidagi eng qudratli shaxs bo‘lib qolmoqda; uning qo‘llab-quvvatlashi, Amerika ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, respublikachilar praymerizlarida nomzodlar uchun hali ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. So‘nggi haftalarda Trampning nomi FQB uning uyida o‘tkazgan tintuvlari va ehtimoliy jinoiy ta’qiblar tufayli ko‘plab xabarlarda paydo bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Bayden Tramp va uning tarafdorlarini «mamlakatga tahdid» deb atadi