16:00 / 02.09.2022
1 161

AQSH davlat kotibi: «O‘zbekistonning toza energiyaga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz»

AQSH davlat kotibi: «O‘zbekistonning toza energiyaga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz»
Foto: Kevin Lamarque / Reuters
AQSH Davlat departamenti davlat kotibi Entoni Blinkenning O‘zbekiston mustaqilligi 31 yilligi munosabati bilan rasmiy tabrigini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

«Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan O‘zbekiston xalqini 1 sentabr kuni mustaqillik, suverenitet va hududiy yaxlitlik 31 yilligi nishonlangani bilan tabriklayman», - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston qimmatli hamkor bo‘lib, Markaziy Osiyo strategik mavqeyini, «C5+1» diplomatik platformasi orqali ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

«Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlaydi, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini kengaytirish hamda himoya qilishga sodiqligini qadrlaydi», deydi Entoni Blinken.

Bildirilishicha, AQSH O‘zbekistonning Global metan majburiyatiga qo‘shilish to‘g‘risidagi qarorini olqishlaydi va uning toza energiyaga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

«Shuningdek, COVID-19’ga qarshi kurashdagi yaqin hamkorligimiz uchun minnatdormiz va yaqinda COVAX dasturi orqali O‘zbekistonga ikki million doza vaksinalar yetkazib berilganidan mamnunmiz. Alohida mazmunga ega ushbu kunda men AQSHning O‘zbekiston bilan do‘stligini chin dildan tasdiqlayman va mamlakat xalqiga istiqboldagi yillarda farovonlik tilayman», deyiladi Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi tabrigida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH davlat kotibi: «O‘zbekistonning toza energiyaga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz»