15:29 / 05.09.2022
1 830

Vladimir Zelenskiy: “3 ta aholi punktidan Rossiya kuchlarini haydab chiqardik”

Vladimir Zelenskiy: “3 ta aholi punktidan Rossiya kuchlarini haydab chiqardik”
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning janubida va sharqda ikkitasi bo‘lgan 3 ta aholi punkti Rossiya qo‘shinlaridan qaytarib olinganini ma’lum qildi.

Rossiya 2014 yilda noqonuniy ravishda anneksiya qilgan Qrim masalasiga to‘xtalib o‘tgan Zelenskiy: “Ukraina bayrog‘i va erkin hayot Qrimga qaytishiga ishonaman. Biz butun yerlarimizni va xalqimizni ozod qilamiz. Ukraina armiyasi, razvedka xizmati va maxsus xizmatlar buning uchun zarur choralarni ko‘rmoqda. Bosqinchilar Qrimdan allaqachon qochishga kirishgan. Bu ular uchun to‘g‘ri tanlov", dedi.

Zelenskiy, Ukrainaning janubida ikkitasi sharqda bo‘lgan 3 ta aholi punkti Rossiya kuchlaridan qaytarib olinganini aytib, Ukraina xavfsizlik kuchlariga minnatdorchilik bildirdi.

Ukraina prezidenti qayta tiklangan aholi punktlari qayerda ekanligi haqida ma’lumot bermadi.

Mahalliy matbuotda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xersonning Visokopilya qishlog‘i va Donetskning Ozerne qishlog‘i Ukraina kuchlari tomonidan qaytarib olingan.

29 avgust kuni Ukraina armiyasi mamlakat janubidagi Xerson viloyatida rus qo‘shinlariga qarshi qarshi hujum boshlaganini xabar qilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo