date

Saratonga qarshi kurash: yana bir yangi qadam

Saratonga qarshi kurash: yana bir yangi qadam

Fred Xatchinson nomli saraton tadqiqotlari markazi immunologi Filipp Grinberg gen muhandisligi metodlari yordamida saratonga qarshi davo tariqasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan immun tizimidagi T-limfositlarini aniqladi. Grinberg o‘z tadqiqoti natijalarini har yili o‘tadigan Amerika saratonni davolash assosiasiyasida ma’lum qilgan. Bu haqda "EurekAlert"ga asoslanib "Kun" xabar berdi.

T-limfositlar — qondagi hujayralar bo‘lib, jonzotlar immun tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular mikroblar va viruslar qismi hisoblanmish begona molekulalarni yo‘q qilishni ta’minlaydi. T-limfositlarning yana bir ko‘rinishi T-qotillar bo‘lib, ular zarar ko‘rgan hujayralarni, jumladan, saratonga uchraganlarini ham yo‘q qiladi.

Ko‘p hollarda T-limfositlar saraton hujayralarini aniqlay olmay qoladi. Bunga sabab immun tizimi tomonidan ishlab chiqarilgan oqsillardir. Shu sabab T-qotillar antigenlarni aniqlashda qiyinchilikka duch keladi. Shu bois immunologlar T-limfositlarga mos keluvchi boshqa antigenlarni topishga harakat qilishmoqda.

Tadqiqot muallifining fikricha, saraton hujayrasidagi universal indikator vazifasini WT1 oqsili bajarishi mumkin. Ushbu oqsillar zarur reseptorlar ishlab chiqadi, zararli antigenni aniqlaydi va u bilan bog‘lanadi.

Olim o‘zi tomonidan jonivorlar ustida o‘tkazilgan bir qancha tajribalarni gapining isboti tariqasida ko‘rsatib o‘tgan. Uning kelajakdagi niyati ushbu tadqiqotini inson ustida o‘tkazishdir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Saratonga qarshi kurash: yana bir yangi qadam