5 160
Hillari Klinton Moskvaga tashrifi chog‘ida qizini Kremlda unutib qoldirgani haqida gapirib berdi

Foto: Getty Images
Bill Klinton prezidentligi davrida (1993—2001 yillar) rafiqasi Hillari bilan Moskvaga tashrifi chog‘ida qizlari Chelsini Kremlda qoldirib ketgan. Bu haqda Hillari Klinton Jimmi Fellonning kechki shousida gapirib berdi, ushbu ko‘rsatuvga u qizi Chelsi bilan birga keldi, deb yozadi «RBK».
«Chelsi buni eslolmaydi, deb umid qilaman, chunki bu anchagina travmatik holat edi. Biz uni Rossiya olib kelgandik, Rossiyaga! O‘sha payti u yerda davlat tashrifi bilan bo‘lgandik, bu vaqtda Bill prezident edi. Bilasiz, rasmiy xayrlashuv bo‘ladi, shuning uchun meni va Billni aeroportgacha katta limuzinda kuzatib qo‘yishgan, biz esa uni qoldirib ketganimizni bilmay qolganmiz», — dedi Klinton.
So‘ng u voqea Kremlda yuz berganini qo‘shib qo‘ydi, ammo qaysi yili bo‘lganiga aniqlik kiritmadi. Chelsining o‘zi bu hodisa yodida turganini aytib, uni «eng jinnicha oilaviy safarlardan biri» deb atadi.
«TASS» Kreml protokoli sobiq shefi Vladimir Shevchenkoga tayanib xabar berishicha, Klintonlar oilasi haqiqatan ham to‘liq tarkibda Moskvaga kelgan (qaysi yili ekaniga yana aniqlik kiritilmadi), ammo Shevchenko «Kremlda unutib qoldirilgan yosh bola» voqeasini eslolmadi.
Agentlik qayt etishicha, gap 1994 yil, Boris Yelsinning prezidentlik davridagi tashrif haqida borayotgan bo‘lishi mumkin. Klinton Rossiyaga jami besh marta kelgan, so‘nggi tashrifi Vladimir Putinning prezidentlik davriga to‘g‘ri kelgan.
Chelsi — Klintonlarning yagona farzandi. U 1980 yilda tug‘ilgan bo‘lib, jamoatchilik faoli va yozuvchidir. Klinton fondida va ushbu fondning Yanada sog‘lom avlod alyansida ishlaydi. Chelsi uch farzandning onasi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar