1 901
Ukrainadagi urushning 197-kuni: Balakliyada ukrainlar bayrog‘i, daryo orqali tarvuz tashiyotgan xersonliklar (foto)

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ukrain harbiylari Xarkiv oblastidagi Balakliya shahri ozod etilgani haqida gapirgan videoni e’lon qildi. «Ukraina bayrog‘i erkin ukrain osmoni ostidagi ozod qilingan ukrain shahrida!» — deya izoh beradi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzning ilk kunlaridan buyon ukrain armiyasi ming kvadrat kilometrdan ortiq maydondagi o‘nlab aholi punktlarini ozod etishdi.
Rossiyaliklar Gruziyaga ommaviy kirishi taqiqlandi, Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha esa har qanday shengen vizasiga ega rossiyaliklar uchun 19 sentabrdan boshlab mamlakatga kirishni taqiqlaydi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi. Peterburgda munitsipal deputatlar Davlat dumasidan Putinni urush boshlagani uchun davlatga xiyonat qilishda ayblashni talab etdi.
Quyida 8 sentabr, urushning 197-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Balakliyada o‘rnatilgan bayroq

Balakliyani ozod etib, u yerda o‘z bayroqlarini o‘rnatgan ukrain harbiylari. Bu Zelenskiy o‘z sahifasida e’lon qilgan videodan skrinshot
Foto: Volodimir Zelenskiyning Telegram sahifasidan
Donbass shimolida o‘yindagi va rostakam urush

O‘yinchoq avtomat ko‘targan bola o‘yinchoq blokpostda turib o‘tayotgan avtomobillarni kuzatmoqda. Bu ukrain harbiylari nazorat qilinadigan hudud, bolaning kiyimida Ukraina bayrog‘i aks etgan. Foto: Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Rossiyaliklar zarbasi vaqtida halok bo‘lgan rafiqasi jasadi ustida turgan kishi, Nyu-York posyolkasi. Shu kuni u posyolkaga zarbalar vaqti halok bo‘lgan yagona qurbon bo‘ldi, qo‘shni Baxmutda esa besh kishi halok bo‘lgan.
Ammar Awad / Reuters / Scanpix / LETA
Blinkenning Kiyevga tashrifi

Xerson oblastidan bo‘lgan olti yoshli Marina AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga tashrifi chog‘ida sapyor it Patron bilan ko‘rishmoqda. Safar davomida Blinken Ukraina va kelajakda Rossiya tahdid solishi mumkin bo‘lgan boshqa Yevropa davlatlari uchun uchun ikki milliard dollarlik yordam paketi haqida e’lon qildi. Foto: Genya Savilov / Reuters / Scanpix / LETA

Ota va qizi Kiyevda urushda qurbon bo‘lgan ukrain harbiylarining suratlarini ko‘zdan kechirmoqda.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Xersondagi kundalik hayot tarzi

Xerson oblastida Rossiya tomonidan tayinlangan harbiy-fuqarolik ma’muriyati binosi oldidagi maydonda tankka qarshi to‘siqda o‘tirgan kishi. CNN xabar berishicha, Ukraina armiyasi shaharni yil oxiriga qadar qaytarib olmoqchi.
Sergey Malgavko / TASS

Dneprning ikkinchi sohiliga kater orqali suzib o‘tayotgan aholi vakillari. Odamlar daryodan faqat kater va qayiqlar orqali o‘tishi mumkin: shaharga olib boruvchi ko‘priklarning barchasi vayron qilingan.
Sergey Malgavko / TASS

Mahalliy aholi eski paromda Dneprning ikkinchi sohiliga tarvuz va qovun tashimoqda.
Sergey Malgavko / TASS
Mariupolda urush izlari

Rossiya harbiy texnikalari kolonnasi Zaporijjya oblastiga olib boruvchi yo‘lda ketmoqda.
AFP / Scanpix / LETA

Shahar uchun janglar vaqtida vayron bo‘lgan bino. Rossiyalik quruvchilar bir necha yangi turar joy binolarini qurishdi, ammo shaharda 1100 dan ortiq turar joy binosi vayron bo‘lgan

Paket ko‘targan ayol Mariupol ko‘chasi bo‘ylab ketmoqda — yo‘l yoqasida vayron bo‘lgan bino va avtomobil qoldiqlari.
AFP / Scanpix / LETA

Mariupol yaqinidagi Vinogradnoye qishlog‘idagi yangi qabrlar (o‘lim kunlari mart oyiga to‘g‘ri keladi). Aynan mart oyida qishloqda birodarlik qabristoni paydo bo‘lgandi, unga Mariupolning shahar uchun janglar vaqtida halok bo‘lgan yuzlab aholisi ko‘milgandi.
AFP / Scanpix / LETA “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar