14:14 / 10.09.2022
1 599

Ekspert Rossiyadagi mehnat migrantlarining bosh xatosini sanab o‘tdi

Ekspert Rossiyadagi mehnat migrantlarining bosh xatosini sanab o‘tdi
Moskvadagi mehnat migrnatlari. Foto: vespa.media
Rossiyaga ishlash uchun borgan mehnat migrantlari mahalliy qonun-qoidalarni buzishga majbur bo‘lishadi. Rossiyalik ekspert eng ko‘p tarqalgan xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun nima qilishni tushuntirdi.

Rossiyaga kirib kelgan xorijiy fuqarolar o‘zi istiqomat qilayotgan manzil bo‘yicha qayddan o‘tmasa Rossiya qonunchiligini buzgan bo‘ladi. Bu haqda Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov «Govorit Moskva» radiostansiyasi jonli efirida bergan suhbatida.

Vadim Kojenov, Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti. Foto: chp-msk.ru
Ekspert Rosreyestrning yaqinda e’lon qilgan bayonotini sharhlab o‘tdi.

2022 yilning sentabridan boshlab turar joy binosida bir inson uchun ajratilgan minimal maydon 6 kvadrat metrdan katta bo‘lishi kerak. Bu holda mikroulushlarni yaratish, bo‘lish va sotish taqiqlanadi.

Kojenovning so‘zlariga ko‘ra, bu yangilik mehnat migrantlari uchun joriy etilmaydi. Biroq har bir xorijiy fuqaro o‘zi faktik jihatdan yashayotgan manzilda qayddan o‘tishi shart.

«Bir kvartiraga qancha migrantni qayddan o‘tkazish borasida cheklov yo‘q. Agar u yerga 30 kishi o‘z matraslari, ko‘rpalari va boshqa narsalari bilan sig‘sa — marhamat, qayddan o‘taversin», — degan Kojenov.

Migrantlar istiqomat qiladigan «rezina kvartira»lardan biri. Foto: vop.ru
Ekspertning alohida qayd etishicha, «qonunbuzilish holati migrant o‘zi yashamaydigan manzil bo‘yicha qayd etilsa, ya’ni u bir joyda yashab turib, boshqa joyda qayddan o‘tganda ro‘y beradi».

Rostreyestrning yangi tashabbusi esa ko‘chmas mulk sohasidagi ayrim muammolar, jumladan qora rieltorlarga qarshi kurashish maqsadida joriy etilgan, degan Migrantlar federatsiyasi prezidenti.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo