
Foto: TASS
Bugunga kelib oziq-ovqat mahsulotlari kelishuvi doirasida Ukraina portlaridan 105ta kema chiqdi, mamlakatdan olib chiqilgan g‘alla hajmi 2,5 mln tonnaga yetdi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.
Ma’lumot berilishicha, yo‘lga chiqqan kemalarning 39tasi belgilangan manzilga yetib kelgan, qolgan 66tasi o‘z yo‘nalishida harakatlanishda davom etmoqda.
22 iyul kuni Istanbulda Ukrainadan g‘alla mahsulotlari olib chiqish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Kelishuvni Rossiya, Turkiya, Ukraina vakillari va BMT imzoladi. Unga ko‘ra, Ukrainaning uchta portidan Qora dengiz orqali g‘alla, oziq-ovqat mahsulotlari va o‘g‘itlar hech qanday to‘sqinliksiz olib chiqiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar