
Bu hafta Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv oblastida muvaffaqiyatli qarshi hujum boshladi va 7 sentabrga kelib nisbatan yirik shahar Balakliyani ozod qildi. 9 sentabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat qurolli kuchlari tomonidan Xarkiv oblastida 30 dan ortiq aholi punktlari ozod qilinganini ma’lum qildi.
Ulardan biri – Chuguyev rayonining Grakove qishlog‘i. U yerda Ukraina politsiyasining tergovchilari ish boshlashgan, ular Rossiya qurolli kuchlari okkupatsiya davrida sodir etilgan ehtimolli harbiy jinoyatlarni hujjatlashtirish bilan band.
Grakoveda allaqachon turar joy hovlisiga ko‘milgan (tinch aholi vakillari deya texmin qilinayotgan) ikki jasad topilgan. Ukraina hokimiyati hozircha jasadlar borasida sharh bildirmagan.
Quyida 9 sentabr, urushning 198-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv oblastining yaqinda ozod etilgan tumanida patrullik qilmoqda. Foto: Metin Aktaş / Anadolu Agency

Xarkiv oblasti osmoniga uchirilgan raketalardan qolgan inversion iz. Foto: Metin Aktaş / Anadolu Agency

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon okkupatsiya ostida bo‘lgan Xarkiv oblasti Chuguyev rayoni Grakove qishlog‘i yo‘lidagi fuqarolarga tegishli bo‘lgan va yo‘q qilingan avtomobillari. 7 sentabr kuni Ukraina QK Grakoveni ozod qilgan. Foto: Metin Aktaş / Anadolu Agency

Grakove yo‘lidagi avtomobillar. Foto: Metin Aktaş / Anadolu Agency

Grakove yo‘lidagi avtomobillar. Foto: Metin Aktaş / Anadolu Agency

Grakove yo‘lidagi bomba tushgan AYOQSH. Foto: Metin Aktaş / Anadolu Agency

Grakovedagi otishmalar chog‘ida zarar yetgan cherkov va yo‘q qilingan rus texnikasi. Foto: Metin Aktaş / Anadolu Agency

Grakove turg‘uni o‘z uyi kiraverishida. Ko‘p qavatli uy fasadida o‘q izlari. Foto: Metin Aktaş / Anadolu Agency

Grakove turg‘uni otishmalardan zarar ko‘rgan o‘zi ichida. Foto: Metin Aktaş / Anadolu Agency

Grakovedagi otishmalardan zararlangan uylar joylashgan ko‘cha. Foto: Metin Aktaş / Anadolu Agency

Ukrainalik tergovchilar Grakoveda. Ular harbiy jinoyatlar izlarini izlashmoqda va hovlilardagi qabrlarga ko‘milgan jasadlarni eksgumatsiya qilishmoqda. Foto: Juan Barreto / AFP

Ukrainalik tergovchilar Grakoveda okkupatsiya davrida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin deyilayotgan hovliga ko‘milgan jasadlarni eksgumatsiya qilishmoqda. Foto: Vasily Zhlobsky / EPA

Rossiya qo‘shinlari chekinish davrida Grakove yo‘lida qoldirib ketgan snaryad yashiklari. Foto: Metin Aktaş / Anadolu Agency

Rossiya askarlari tomonidan Grakoveda qoldirib ketilgan snaryad yashiklari. Foto: Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar