Xitoy janubi-g‘arbida yuz bergan tosh ko‘chkisi oqibatida 5 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Xitoyning Sichuan provinsiyasida yuz bergan baxtsiz hodisa 5 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Xitoy markaziy telekanalining xabar qilishicha, tosh ko‘chishi oqibatida 10 kishi jabrlangan.
Fojea Yaan shahar okrugi Tyansyuan uezdidagi shosseda sodir bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, 4 ta mashina toshlar ostida qolib ketgan.
Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga etkazilgan. Avtomobil yo‘lida harakat vaqtincha to‘xtatilgan. Hodisa joyida qutqaruvchilar yo‘lni toshlardan tozalamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing