09:51 / 11.09.2022
1 470

Qirolliklar oilasida ziddiyatlar hech qachon to‘xtamagan

Qirolliklar oilasida ziddiyatlar hech qachon to‘xtamagan
Bir necha yil oldin Britaniya kino ijodkorlari “The Crown” – “Toj” serialini ishlashadi. Serialda qirolicha Yelezavetaning butun hayoti to‘rt qismdan iborat serial ishlashadi, jami 40 seriya. Hozir beshinchi sezon ishlanayapti. Serial imkon qadar hujjatli ishlangan. Meni nazarimda, serialni ishlashdan maqsad – Britaniyada zaiflashib borayotgan monarxiyani mustahkamlash, jamiyatda tarqalgan mish-mishlarni silliqlash, oila ichidagi muammolarni tushuntirish bo‘lgan.

Shuning uchun ham, odamlar bilgan oila ichidagi muammolar haqida jim o‘tilmagan. Serialni ko‘rgach tushunish mumkinki, Vinzdorlar oilasi ichida juda kuchli ziddiyatlar, kurashlar hech qachon to‘xtamaydi. Boshqa oddiy oilalarda katta hokimiyat va boylik yo‘q, bu oilada esa mana shunday resurslar uchun kurash doim avjida.

Misol uchun, protokolga ko‘ra, qirolicha Yelezavetaning singlisi va uning oilasi davlatning oliy qaramog‘ida bo‘ladi. Lekin shahzodalar Charlz va boshqalar uylanib, farzandli bo‘lgach, qoidaga ko‘ra, oliy ta’minot joylari cheklanganligi sabab, qirolichaning singlisi va uning oilasi past darajadagi ta’minot tizimiga tushib qoladi. Shunga ham ko‘p janjallar bo‘lgan.

Vinzdorlar oilasida “halqni qonini so‘rib, tekin tomoq bo‘lib yashash” degan o‘zlariga nisbatan tahqirlov juda ko‘p ishlatiladi. Oilada har safar yangi bola tug‘ilganda “yana bitta tekin tomoq tug‘ildi” deyish ham bor. Bu oila jamiyat oldida boshqacha, ichkarida boshqacha. Aslida, bu ham barcha hokimiyatlarga xos urf...

Kamoliddin Rabbimov,
siyosatshunos

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo